Anqara Yildirim Beyazit Universiteti delegatsiyasining tashrifi

Anqara Yildirim Beyazit Universiteti delegatsiyasining tashrifi

Anqara Yildirim Beyazit Universiteti rektori Ibrohim Aydinli boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 2023 yil 13 mart kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasida uchrashuv tashkil qilindi.

Delegatsiyaning Akademiya rahbariyati va vakillari bilan uchrashuvi davomida yurisprudensiya sohasida kadrlarni tayyorlash, prokuratura va tergov sohasi xodimlarining malakasini oshirish, yuridik fanni rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro tajriba almashinildi.

Xorijiy mehmonlar shuningdek Akademiya faoliyati, unda raqamli texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonining tashkil etilganligi, yaratilgan zamonaviy ta’lim infrastrukturasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mehmonlarda chuqur va yashirin Internet tarmoqlarida ishlashda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga hamda tegishli raqamli dalillarni qidirish va qayd etishga yordam beruvchi Akademiyaning Dark Web o‘quv laboratoriyasi faoliyati alohida qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar akademik almashinuv va kiber huquq sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishishdi.