O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan hamkorlikda “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida sovrinli tanlov tashkil qilindi.
Tanlovning 1-bosqichida ishtirok etgan 3 mingga yaqin qatnashchilar orasidan savollarga qisqa vaqt ichida eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan 30 nafar ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlandi.
Keyingi bosqichda ularning ijodiy savollarga yozgan javoblari baholanib, natijalariga ko‘ra 11 nafar ishtirokchi tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tanlovning yakuniy bosqichi natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasining “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi tanglovchisi Asadov Azizbek Axmadovich qo‘lga kiritdi.
G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Adliya vazirligiga taklif etilib, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.