Navbatdagi fan soati bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi fan soati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy fan soati doirasida “Dissertatsiya tadqiqot ishini asoslash hamda tadqiqot xulosalarini shakllantirish va umumlashtirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Fan soati doirasida tadqiqot ishida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud qonunchilik hujjatlari, amaliyot materiallari hamda boshqa amalga oshirilgan ilmiy ishlarni o‘rganish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadqiqotni amalga oshirish tizimi, tadqiqotni amalga oshirish yo‘nalishi, asosiy g‘oyalar hamda muammolarni yechimiga olib keluvchi yo‘llarni belgilab olish ilmiy tadqiqotni olib borishda muhim ekanligi muhokama qilindi.

Tadbirda nafaqat Akademiyaning, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi doktorant va mustaqil izlanuvchilari ham ishtirok etishdi hamda ilmiy tadqiqotlari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.