O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriat fakulteti talabalari amaliyotini tashkil etish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmalarining kadrlar bilan ishlash va huquqbuzarliklar profilaktikasiga masu’l bo‘lgan tarmoq rahbarlari ishtirok etishdi.
Mas’ullar tomonidan talabalarning o‘quv-tanishuv va ish o‘rganish amaliyotlarini samarali tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish muhokama qilindi. Amaliyotni o‘tash yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazilib, talabalarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Amaliyot 1 va 3-kurs talabalari uchun 31-martga qadar, 2-kurs talablari uchun 14-aprelga qadar o‘tkazilishi belgilanib olindi.