Stol tennisi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Stol tennisi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xodimlar kasbiy salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda, ularning sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish borasida tizimli ishlar olib boriladi.

Mazkur faoliyat doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Akademiya birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Qizg‘in kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i v.b. Tursunbekov Xudayberdi 1-o‘rin, Elektron ta’lim bo‘limi prokurori Eshqobilov Sirojiddin 2-o‘rin, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi prokurori Abdiaxatov Jaxongir 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Bunday musobaqalar sportning boshqa turlari bo‘yicha ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.