Talabalar amaliyoti davom etmoqda

Talabalar amaliyoti davom etmoqda

2023 yil 23 martdan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining 1-kurs talabalari uchun o‘quv-tanishuv amaliyoti, 2 va 3-kurs talabalari uchun ish o‘rganish amaliyoti tashkil etildi.

Talabalarning doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalariga taqsimoti amalga oshirilib, bevosita profilaktika inspektorlari rahbarligida amaliyot o‘tashni boshladilar.

Mazkur amaliyot talabalarning huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, huquqni qo‘llash ko‘nikmasini takomillashtirishga xizmat qiladi.