Yevropa Kengashining Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturi guruhi bilan hamkorlik

Yevropa Kengashining Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturi guruhi bilan hamkorlik

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining Yevropa Kengashi dasturi vakillari Yu.Erduran va M.Naxapetyan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi - Shaffoflik darajasini oshirish va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishga ko‘maklashish dasturi (SA TAYES) doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ekspertlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tuzilmasi hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim funksiyalarini amalga oshirish va yurisprudensiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Tomonlar dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holati hamda 2023 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasidagi vazifalarni muhokama qildilar.