YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi bilan uchrashuv

YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi bilan uchrashuv

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans-Ulrix Imning O‘zbekistondagi missiyasi yakunlanayotganligi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Akademiya va YEXHT o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni qayd etib, milliy salohiyatni yanada oshirish maqsadida o‘zaro manfaatli faol hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda davom ettirish muhimligini qayd etib o‘tdilar.

Akademiya rahbariyati birgalikda amalga oshirilgan loyihalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga Xans-Ulrix Imning munosib hissa qo‘shganini e’tirof etib, buning uchun chuqur minnatdorchilik bildirib o‘tdi.