Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi

Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tanlovini o‘tkazish tartibiga muvofiq saralab olingan 30 nafar prokuratura organlari xodimlari ishtirokida rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi boshlandi.

Qayta tayyorlash kursining dasturi boshqaruv va menejment asoslarini tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini o‘zlashtirishga, prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga, tinglovchilarning yetakchilik fazilatlarini mustahkamlashga, ularda tegishli boshqaruv va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda ularning tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu qayta tayyorlash kursi dasturi ham mazmunan, ham ilmiy-metodik jihatdan yangicha yondashuvlar asosida, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan, xorijiy innovatsion tajribalardan foydalangan holda tashkil etilgan.

Shuningdek, o‘quv jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi  mas’ul xodimlari va boshqa tegishli sohalarning tajribali mutaxassislari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.