Bishkekdagi YEXHT Akademiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha global kampus delegatsiyalari bilan uchrashuv

Bishkekdagi YEXHT Akademiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha global kampus delegatsiyalari bilan uchrashuv

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bishkekdagi YEXHT Akademiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha global kampus delegatsiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar YEXHT Akademiyasida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyoda inson huquqlari va barqaror rivojlanish” (MAHRS) magistratura dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Dastur akademik almashinuv, stajirovka, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi hamkorlikni nazarda tutadi.

Tomonlar ushbu dasturni birgalikda amalga oshirish uchun hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirib o‘tdilar.