O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI XODIMLARI MINTAQALARARO SEMINARDA ISHTIROK ETDILAR

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI XODIMLARI MINTAQALARARO SEMINARDA ISHTIROK ETDILAR

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining markaziy mahkamasi va Akademiyasi xodimlari tarkibidagi delegatsiya joriy yilning 5 iyun - 7 iyun kunlari Moldova Respublikasining Kishinev shahrida UNODC xalqaro tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Jinoiy sudlov sohasida odam savdosiga qarshi kurashda samarali transchegara hamkorligini kuchaytirish” mavzusiga bag'ishlangan mintaqalararo seminarda ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda bir qator xalqaro tashkilotlarning vakillari, jumladan UNODC, OBSE, YUNISEF, EUROJUST, Interpol va boshqalar, shuningdek 30 dan ortiq davlatlar huquqni muhoqaza qiluvchi organlarining xodimlari qatnashdilar.

Seminar davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi asosiy hujjatlari, BMTning uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash Konventsiyasi, jinoiy ishlar bo'yicha o'zaro hamkorlik haqidagi Yevropa Konvensiyasi, xalqaro tashkilotlar va mexanizmlarning xalqaro hamkorlikni ta'minlashdagi roli, ularning odam savdosi jinoyatlarining oldini olishdagi ishtiroki, amaliy ish tajribasi, axborotlar almashinuvi va faoliyatni muvofiqlashtirish tajribasini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Mintaqalararo seminar davomida O'zbekiston vakillari ham taqdimot materiallari bilan ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, O'zbekiston vakillari taqdimot materiallarini muhokama etish jarayonida savol-javoblar bilan faol qatnashdilar.

UNODC vakili, seminar moderatori Davor Raus tadbir natijalari bo'yicha bildirgan yakuniy fikrida O'zbekistonning xalqaro hamjamiyat so'rovlariga o'z vaqtida munosabat bildirish borasidagi faoliyatini ijobiy baholadi.