O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida faoliyat olib borayotgan prokuratura xodimi Bahodirjon Nuriddinov 60 yoshni qarshi olmoqda.
U ko‘p yillar ta’lim tizimida samarali mehnat qilib, malakali kadrlar tayyorlash borasida fidoyilik ko‘rsatdi. O‘z ishiga bo‘lgan talabchanligi ortidan barchaning hurmat-e’tiborini qozondi, ko‘plab shogirdlar orttirdi.
B.Nuriddinov prokuratura organlaridagi faoliyati davomida ham jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shib kelmoqda.
Hurmatli Bahodirjon Sobirovich, tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin! Sizga va oilangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi