Akademiya boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqov hamda magistraturaning sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan tinglovchilari o‘rtasida dissertatsiya mavzusini tanlash va uni tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashning ahamiyati tinglovchilarga tushuntirilib, tadqiqot uchun tavsiya etilgan bir qator mavzularning dolzarbligi va istiqbollari muhokama qilindi.
Tinglovchilarga magistrlik dissertatsiyasi, shuningdek ilmiy maqola tayyorlash, muayyan sohalarda ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘ladigan masalalar yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Magistratura tinglovchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida bu kabi tadbirlar doimiy ravishda tashkil etib boriladi.