BOSH PROKURATURADA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

BOSH PROKURATURADA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

2018 yilning 8 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari I. Kelbel va L. Bronkar bilan Akademiya xodimlarining ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida shu yili iyun oyida Fransiyaga ishchi tashrif doirasida Akademiya rahbariyatining Magistratlar milliy maktabi (ENM) hamda Xalqaro huquqiy hamkorlik bo'yicha Frantsiya agentligi vakillari bilan uchrashuvini tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.

Elchixona tomonidan Bosh prokuratura vakillarining Magistratlar milliy maktabi tomonidan Fransiyaning Bordo shahrida tashkil etiladigan, iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish, shuningdek korruptsiyani aniqlash va unga qarshi kurash mavzularini qamrab oladigan o'quv treninglarda ishtiroki masalalasi ham tilga olindi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, tomonlar Fransiya Respublikasi sud tizimiga doir rus va fransuz tillarda birgalikda o'quv qo'llanma nashr etish masalasini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar fikr almashdilar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.