Akademiya tinglovchilarining Samarqandga tashrifi

Akademiya tinglovchilarining Samarqandga tashrifi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari Samarqandga tashrif buyurdilar.

Sayyohat davomida tinglovchilar Samarqand shahar 2-sektor shtabiga tashrif buyurishib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan sektorlar faoliyati, sohadani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, prokuratura organlarining bu boradagi asosiy yo‘nalish va vazifalari bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, tinglovchilar Samarqand shahridagi me’moriy obidalar, tarixiy va muqaddas qadamjolarga ham tashrif buyurishib, shaharning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.