Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Akademiya professor-o‘qituvchilarining salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi seminar-trening “Yangilangan ta’lim tizimi sharoitida o‘quv jarayonini amalga oshirish asoslari” mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh mutaxassisi, professor A.G.Xodjayev ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirda oliy ta’lim tizimining jahon ta’lim makoniga integratsiyasi, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yangilangan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlari, kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq etish va boshqa masalalar ko‘rildi.
Taqdimotdan so‘ng mavzu yuzasidan savol-javob tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.