Masofaviy va aralash kurslarni samarali tashkil etish yuzasidan o‘tkazilayotgan seminar-trening yakunlandi

Masofaviy va aralash kurslarni samarali tashkil etish yuzasidan o‘tkazilayotgan seminar-trening yakunlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning masofaviy va aralash kurslarni samarali tashkil etish maqsadida tyutorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

2023 yil mart-may oylarida masofaviy va aralash kurslarning o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish bo‘yicha Akademiyaga yangi qabul qilingan professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi davomli o‘tkazilgan seminar-trening yakunlandi.

Seminar-trening jarayonida professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida masofaviy va aralash kurslarni pedagogik dizayn (Instructional design) modellari asosida strategik loyihalashtirish usullari, o‘quv jarayonini asinxron va sinxron rejimlarda samarali o‘tkazish, zamonaviy dasturiy ta’minotlar asosida elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur seminar-trening Akademiyaga yangi qabul qilingan professor-o‘qituvchilarining masofaviy va aralash kurslarni tashkil etish masalalari va unda tyutorlik faoliyatini yuritishga oid ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.