Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi doktoranti O.Shokirov tomonidan fan soati doirasida “Mahalliy vakillik va ijro organlari qarorlari qonuniyligini ta’minlashda prokuror nazorati hujjatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.

Fan soatida Akademiya tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilar, hamkor tashkilot vakillari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Muhokamada mahalliy vakillik va ijro organlari qarorlarining qonuniyligini ta’minlash ustidan prokuror nazorati sohasidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Fan soati doirasida tadqiqotchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ishtirokchilar tomonidan bu turdagi tadbirlarni samarali ekanligini e’tirof etib, doimiy ravishda o‘tkazilishi yuzasidan taklif berildi.