Akademiya ilmiy xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy seminar

Akademiya ilmiy xodimlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy seminar

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy fan soati hamda Lund universiteti (Shvetsiya) bilan o‘rnatilgan hamkorlik doirasida “Miqdoriy tadqiqot metodlari: so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirga siyosatshunoslik va rejalashtirish fanlari doktori, Latviya universiteti lektori, Lund universiteti ilmiy tadqiqotchisi Berdimurod Ovezmuradov ekspert sifatida taklif qilindi.

Seminar davomida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy xodimlari so‘rovlar o‘tkazish uchun statistika fanining asosiy talablari bilan tanishib, innovatsion texnologiyalardan asosida so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy bilimlar oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ravishda amaliy seminarlarni tashkil etishga kelishib oldilar.