Malayziya Bosh prokuraturasi delegatsiyasining tashrifi

Malayziya Bosh prokuraturasi delegatsiyasining tashrifi

Malayziya Bosh prokurori o‘rinbosari Axmad Terrirudin bin Mohd Salleh boshchiligidagi Malayziya Bosh prokuraturasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya Akademiya faoliyatining asosiy yo`nalishlari, ilg‘or tajriba, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv hamda innovatsion texnologiyalar asosida prokuratura-tergov sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish masalalari bilan yaqindan tanishdilar.