Akademiya xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish

Akademiya xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy fan soati doirasida Lund universiteti (Shvetsiya) bilan hamkorlikda “Ilmiy maqolalarga qo‘yilgan talablar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirga yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Lund universiteti ilmiy tadqiqotchisi D.Ibragimov ekspert sifatida taklif qilindi.

Seminar davomida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy xodimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish mezonlari, shuningdek yuqori reytingli halqaro jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etish uchun qo‘yilgan talablar bo‘yicha ma’lumotlar oldilar.

Bunday tadbirlarning tizimli asosda o‘tkazilishi Akademiya xodimlari va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.