Elektron kutubxona imkoniyatlari bilan tanishuv

Elektron kutubxona imkoniyatlari bilan tanishuv

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Professor-o‘qituvchilar faoliyatida Znanium elektron kutubxonasi tizimi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbirga “INFRA-M” xoldingi Rivojlantirish departamenti boshlig‘i A.Yemanov ekspert sifatida taklif qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar Znanium elektron kutubxona tizimining imkoniyatlari, ochiq kirish imkoniyatiga ega ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, ensiklopediyalar, shuningdek badiiy asarlarni o‘zida mujassam etgan universal ma’lumot modulining qulay qidiruv tizimi bilan batafsil tanishdilar.

Akademiya xodimlari va tinglovchilarining ilmiy-ta’limiy va tadqiqotchilik salohiyatini takomillashtirish maqsadida Akademiyaning boshqa ko‘plab axborot-kutubxona tizimlari qatori ushbu tizimga kirish imkoniyati ta’minlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.