Xorijlik ekspert tomonidan ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Xorijlik ekspert tomonidan ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasidagi tizimli ishlar doirasida Akademiya tomonidan navbatdagi seminar-trening Boston Huquq maktabi (AQSH) professori Joan Blyum ishtirokida "O‘quv kursini rejalashtirish. O‘quv mashg‘ulotida talabalar (tinglovchilar) faol ishtirokini ta’minlash masalalari" mavzusida o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan tadbirda interfaol ta’lim nazariyasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ta’lim maqsadlari va o‘quv natijalarini belgilashda Blum taksonomiyasining ahamiyati, o‘quv jarayonida konstruktivistik ta’lim nazariyasi bilan ta’lim texnologiyalari integratsiyasini ta’minlash, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarni faollashtirish usullari, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish darajalarini obyektiv baholash masalalari ko‘rildi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan savol-javob tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.