JICA vakillari bilan uchrashuv

JICA vakillari bilan uchrashuv

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) delegatsiyasi bilan Akademiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida mehmonlar Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek ilmiy-ta’lim faoliyati, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.