2023 yil 26 iyun kuni Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘rtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik jarayonida qo‘shma loyihalar, stajirovka dasturlari, akademik almashinuvni amalga oshirish, hamkorlikda nashrlar tayyorlash, yuridik fan va amaliyotning dolzarb masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan ilmiy va ta’lim sherikligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilgan.