Idoralararo qabul komissiyasining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi

Idoralararo qabul komissiyasining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2023/2024 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat hamda magistraturasiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan Idoralararo qabul komissiyasining 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Akademiyaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat hamda magistraturasiga qabulni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha yozma imtihon savollari va vazifalari hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

Shuningdek, bakalavriat hamda magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha Idoralararo qabul komissiyasiga hujjat topshirgan nomzodlar ko‘rib chiqilib, ulardan tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lganlarining ro‘yxati ma’qullandi.