O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) 2023 yil 12 iyul kuni Nukus shahri, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihon o‘tkazish vaqti va manzillari haqida to‘liq ma’lumotni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (https://my.uzbmb.uz/) maxsus elektron platformasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.