“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkazilishiga 2 kun qoldi

“Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkazilishiga 2 kun qoldi

2023 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.

Imtihon o‘tkaziladigan joylar manzillari

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zlari tanlagan tanlov o‘tkazish hududidagi manzilga 2023 yil 12 iyul soat 08:00da pasport yoki ID-karta bilan (https://my.uzbmb.uz/ dagi shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar (sinov o‘tadigan auditoriya, joy) bilan tanishgan holda) yetib kelishi lozim.