Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi T.Safarov tomonidan fan soati doirasida “ Korrupsiyaga qarshi idoraviy tadbirlarni takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.

Fan soatida Akademiya tadqiqotchilari, professor-o‘qituvchilar, hamkor tashkilot vakillari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Muhokamada korrupsiyaga qarshi idoraviy tadbirlarni takomillashtirish sohasidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Fan soati doirasida tadqiqotchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ishtirokchilar tomonidan bu turdagi tadbirlarni samarali ekanligini e’tirof etib, doimiy ravishda o‘tkazilishi yuzasidan taklif berildi.