Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistraturasiga nomzodlar uchun onlayn konsultatsiyalar tashkil etilmoqda

Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistraturasiga nomzodlar uchun onlayn konsultatsiyalar tashkil etilmoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” mutaxassisligibo‘yicha magistraturaga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilmoqda. Konsultatsiya davomida nomzodlarga kirish imtihonlari, Akademiya magistraturasida ta’lim jarayonlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilmoqda. Kirish imtihonlari psixologik va chet tilidan test hamda yozma imtihon (esse) iboratdir. 

Yozma imtihon Jinoyat huquqi va Jinoyat protsessual huquqi bo‘yicha savollardan tashkil topgan.

Imtihonning ushbu bosqichini o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: mutaxassislik fanlari bo‘yicha yozma imtihonning yanada shaffof va xolis bo‘lishi hamda bu borada nomzodlarga teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida nomzodlar orasidan tanlanadigan vakil tomonidan bitta bilet tanlab olinishi va barcha nomzodlar ushbu biletdagi 4 ta savoldan ikkitasiga javob yozishi belgilanmoqda.

Konsultatsiya davomida nomzodlarga imtihon o‘tkaziladigan joy va vaqti haqida ham ma’lumot berilmoqda.

Navbatdagi konsultatsiyalar 10 va 14 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Mazkur konsultatsiyalarda quyidagi havolalar orqali ishtirok etishingiz mumkin:

Sana-10.08.2023 y.   Vaqti-14:00

https://us06web.zoom.us/j/85161376283?pwd=YmFMOVVSV3lONmtSTWtRVEZBME1mdz09

Sana-14.08.2023 y.   Vaqti-18:00   

https://us06web.zoom.us/j/83622543218?pwd=Zkt1K1lKVWJDR3dQOXlGaUN1ZFRZQT09