O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida Odil sudlovni amalga oshirishda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlab tashkillashtirilgan yozgi maktab o‘quv dasturi doirasida navbatdagi o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar o‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Sudyalar oliy maktabining professor-o‘qituvchilari, amaliyotda faoliyat yuritayotgan sudyalar va prokurorlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi E.O.Turg‘unboyevning huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi xususidagi ma’ruzasi yuzasidan qizg‘in muhokama o‘tkazilib, unda seminar ishtirokchilarining savollariga tushuntirishlar berildi.
Yozgi maktab o‘quv dasturi doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.