Rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

2023 yil 21 avgust kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasining prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi yakunlanganligi munosabati bilan, bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda Bosh prokuratura xodimlari, Akademiya rahbariyati va xodimlari, rahbarlik lavozimlarni egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi bitiruvchilari ishtirok etdilar.

Akademiya rahbariyati kurs bitiruvchilarini qayta tayyorlash kursini o‘zlashtirib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganliklari bilan tabrikladilar.

So‘zga chiqqanlar shuningdek o‘tkazilgan kurs tinglovchilarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy boshqaruv, qaror qabul qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni, shuningdek shaxsiy, ishchanlik sifatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilganligi, Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlari amaliyotga yo‘naltirilgan yangicha yondashuvlar asosida, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan, xorijiy innovatsion tajribalardan foydalangan holda tashkil etilganligi borasida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqan kurs bitiruvchilari Akademiyada egallagan bilim va ko‘nikmalarini yurtimiz ravnaqi, el-yurt farovonligi, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada rivojlantirish yo‘lida samarali qo‘llashga so‘z berdilar.