IDORALARARO DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI

IDORALARARO DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida «Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish masalalari» mavzusida idoralararo davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Soliq Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oliy harbiy bojxona instituti hamda Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2018 yil 8 maydagi PF-5438-son Farmonining qoidalari yoritildi.

Tadbirda yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir masalalar, shuningdek, tinglovchilarning bilim va ko'nikmalarini elektron monitoring qilish, masofaviy ta'limni takomillashtirish istiqbollari hamda xorijiy mamlakatlarda prokuror, sud`yalarni qayta o'qitish tajribalari atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqdilar, bildirilgan takliflar bo'yicha o'zaro fikr almashdilar.