“Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi

“Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini doimiy oshirib borish Huquqni muhofaza qilish akademiyasining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ushbu faoliyat doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlar markazi” davlat muassasasida “Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i v.b. X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, respublikada korrupsiya xatti-harakatlari uchun jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokichlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.