O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi C.Mamanov tomonidan fan soati doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “komplayens-nazorat” tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Akademiya hamda TDYUU doktorantlari, professor-o‘qituvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Fan soatida “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish jarayoni tadqiqoti natijalari hamda uning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi o‘rni to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.
Fan soati doirasida tadqiqotchi tomonidan mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.