O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yuridik fanlar ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiya ishlarini amalga oshirishga talabgorlarni mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov o‘tkazildi.
Suhbatda Akademiya, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi va Jamoat xavfsizligi universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.
Suhbatda komissiya a’zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati borasida savollar berildi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD va DSc) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.