Huquqni muhofaza qilish akademiyasining doktoranturasi va tayanch doktoranturasiga qabul e’lon qilinadi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining doktoranturasi va tayanch doktoranturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”, "12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi" va “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi.

Doktorantura va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 2023 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, Akademiyaning Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga barcha zarur hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.