Akademiyada to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari belgilandi

Akademiyada to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari belgilanadi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2023/2024 o‘quv yilidagi to‘lov-kontrakt qiymatlari quydagicha:

Bakalavriat:

- kunduzgi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati (stipendiyasiz) 12 444 445  so‘m;

- sirtqi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati 10 960 400 so‘m;

Magistraturaning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli uchun bir yillik o‘qitish qiymati (stipendiyasiz) 14 124 000 so‘m.