Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qo‘shma loyihani amalga oshirish doirasidagi navbatdagi uchrashuv

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qo‘shma loyihani amalga oshirish doirasidagi navbatdagi uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasida Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan amalga oshirilayotgan "Yo‘l harakati xavfsizligi" qo‘shma loyihasi doirasida yaponiyalik ekspertlarning uchrashuvlari davom etmoqda.

Ushbu tadbir doirasida yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqni muhofaza qilish organlari, transport, sog‘liqni saqlash, maktab va maktabgacha ta’lim sohasidagi vazirlik va idoralar vakillari hamda sug‘urta kompaniyalari xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Yaponiyalik ekspertlar yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qayta ishlash yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, ushbu ma’lumotlarni to‘plash usullari namoyish etildi.

Yo‘l harakati huquqbuzarliklarining oldini olish va uni profilaktika qilish masalalari muhokama qilindi, unda ushbu yo‘nalishdagi milliy tajriba bilan o‘rtoqlashildi.

Ushbu uchrashuvlar davomida tomonlar birinchi navbatda yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘l infratuzilmasi sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish zarur degan yakdil fikrga kelishdi.