Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini yuksaltirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Bosh  prokuraturasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Huquqni  muhofaza  qilish akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,   Milliy gvardiyasi,   Bojxona qo‘mitasi,   Yozuvchilar uyushmasi, Sudyalar oliy kengashi   huzuridagi   Sudyalar   oliy   maktabi,   Toshkent   davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent viloyati sudi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida huquq-tartibot idoralarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalari, Amir Temur zamonida davlat xizmatchilarining ma’naviy qiyofasi, Buyuk turkiy sarkardalar siymosida vatanparvarlik va adolat tamoyillari hamda boshqa bir qator qiziqarli mavzular yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda Bosh prokuratura hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya xodimlarning siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishiga zamin bo‘ladi.