Akademiya magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish haqida e’lon

Akademiya magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish haqida e’lon

Akademiya magistraturasining quyidagi mutaxassisliklariga tanlovda ishtirok etgan nomzodlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi ma’lum qilinadi.

Tashqi nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati”,  “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari bo‘yicha;

Ichki nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati” (sirtqi) mutaxassisligi bo‘yicha.

Akademiya magistraturasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun Akademiya qabul komissiyasiga joriy yilning 18 sentyabr kuniga qadar Akademiyaning info@proacademy.uz elektron pochtasiga tashqi nomzodlar ariza, ichki nomzodlar esa o‘z arizasiga bevosita rahbarining tavsiyanomasini ilova qilgan holda yuborishi mumkin ekani ma’lum qilinadi.

Barcha nomzodlar uchun ariza namunasi.

Ichki nomzodlar uchun bevosita rahbarining tavsiyanomasi namunasi.