Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy “Fan soati” doirasida yu.f.d, professor S.S.Gulyamov tomonidan “Huquqni muhofaza qilish organlarida kibergigiyenaning konseptual asoslari” maqolasi misolida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va indekslangan Scopus jurnallarida nashr etish metodologiyasiga bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Onlayn shaklda tashkil etilgan ushbu tadbirda Akademiya, TDYUU, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi hamda Davlat va huquq institutining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari qatnashdi.
Mahorat darsi doirasida ilmiy maqolalarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar va ularni rasmiylashtirish tartiblari, bu borada axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlardan unumli foydalanishga oid yangiliklar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Kiberhuquq bo‘yicha yangi ixtisoslik ochish rejalashtirilayotganligi ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.