Prokuror kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik

Prokuror kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik

2018 yil 24 iyul kuni Bosh prokuratura Akademiyasida «Prokuratura organlari xodimlarining bilimlarini takomillashtirish» loyihasi doirasida «Prokuror kadrlar va sud`yalarning kasbiy tayyorgarligi masalalari: Ruminiya va O'zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro seminarning birinchi kuni bo'lib o'tdi.

Seminarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) loyihalarining O'zbekistondagi Koordinatori, elchi Djon Mak Gregor, Ruminiya Magistraturasi Milliy Instituti murabbiylari Klaudiya Jderu va Raluka Moroshanular, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari prokuror kadrlar va sud`yalarga ta'lim berish, ularni tanlash va malakasini oshirish bo'icha xalqaro tajriba, shuningdek Ruminiya Magistraturasi Milliy Institutining faoliyati bilan tanishdilar.

Bundan tashqari, prokurorlarni tayyorlash hamda prokuratura organlari xodimlarini o'qitish jarayonida nazariya hamda amaliyotni o'zaro bog'liqligi xususidagi masalalar muhokama qilindi.