Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Majburiy ijro byurosi surishtiruvchilari ishtirokida “Majburiy ijro byurosi organlarida surishtiruvni tashkil etish” mavzusida aralash shaklda malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Malaka oshirish kursi dasturi surishtiruv o‘tkazishning umumiy qoidalari, surishtiruv jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish, rasmiylashtirish va baholash, surishtiruv jarayonida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish va jinoyatlarni malakalash bilan bog‘liq muammolar va ularni yechimlari, kriminalistik texnikasi va taktikalar, sud ekspertizasi, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish, shuningdek tizimli tahlil hamda tergov faoliyati psixologiyasiga oid surishtiruvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.