Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etildi

Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Sultonov, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Mamasiddiqov, O‘rtachirchiq tumani prokurorining katta yordamchisi R.Yusupova, Hazorasp tumani prokurorining katta yordamchisi M.Karimova ishtirok etdi.

Tadbirda atoqli shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film namoyish etildi, shuningdek taniqli shoir ijodidan namunalar o‘qib berildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston prokuraturasining 30 yilligi munosabati bilan tizim xodimlari tomonidan tayyorlangan she’riy to‘plam hamda ushbu she’rlarga bastalangan qo‘shiqlar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomidan Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga tantanali ravishda topshirildi.