“O‘zbekiston Respublikasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi” mavzusidagi mahorat darsi

“O‘zbekiston Respublikasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi” mavzusidagi mahorat darsi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi tomonidan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati va O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda Akademiyaning 1-kurs talabalari uchun “Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida “O‘zbekiston Respublikasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbir davomida mehmonlar – ushbu soha mutaxassislari tomonidan Vatanga muhabbat va o‘z yurti bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish hamda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar (xodimlar) hamda mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik ishlarini olib borishning maqsadi, vazifalari, usullari, mexanizmlari va tartibi atroflicha yoritildi.

Mahorat darsi so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.