Milliy bank yosh xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi

Milliy bank yosh xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi

Akademiya tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJda yosh xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar tashkil etildi va o‘tkazildi.

Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda Milliy bank rahbariyati, Bosh ofisi va barcha hududiy boshqarmalarining ishga yangi qabul qilingan jami 430 nafarga yaqin yosh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Seminar davomida yosh xodimlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi davlat siyosati, ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunchilik mazmun-mohiyati va ahamiyati, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari hamda xalqaro standartlar va xorijiy tajribaga asosan joriy etilayotgan yangi mexanizmlar xususida atroflicha ma’lumot oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokichlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.