Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlarining ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash tarmog‘i xodimlari uchun “Soliq qonunchiligining ayrim masalalari” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash tarmog‘i xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish, soliqqa oid qonunchilikning buzilishiga nisbatan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish, muammolar va nizoli vaziyatlarni hal etish, qonuniy qarorlar qabul qilish va boshqa dolzarb masalalarga oid kasbiy kompentensiyalari va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Kurs jarayonida soliq xizmati organlari bilan o‘zaro hamkorlik, soliq to‘lovchilar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.