Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) ko‘magida noqonuniy moliyaviy oqimlar (NMO) hajmini baholash loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan boshlang‘ich yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) tomonidan Jenevadagi Millatlar saroyida tashkil etildi.
Unda UNCTAD, UNODC mintaqaviy iqtisodiy-ijtimoiy komissiyalar (ECA, ECLAC, ESCAP, ESCWA), Osiyo va Afrika davlatlarining Barqaror rivojlanish maqsadlari 16.4.1-indikatori uchun masul davlat organlari va tashkilotlari ekspertlari qatnashdi.
Ishtirokilar noqonuniy moliyaviy oqimlar (NMO)ni o‘lchash va ularning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirish, bunday oqimlar hajmini baholash usullarini qo‘llash, milliy darajada ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Loyiha 2023–2026 yillarda amalga oshiriladi.
Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari U.U.Nigmadjanov MBRM 16.4 maqsadini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’ruza qilib, mamlakatda soliqlarni yashirish va noqonuniy tijorat faoliyati natijasida kelib chiqadigan NMO hajmini baholash va o‘lchash bo‘yicha ESCAP loyihasining dastlabki natijalari haqida ishtirokchilarga tushuntirish berdi.