O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 7 avgustdagi buyrug'iga asosan Nigmadjanov Uygun Uchkunovich O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig'ining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U.Nigmadjanov 1981 yilda tug'ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007 yildan Bosh prokuratura bo'lim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, bo'lim boshlig'i o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2012 yildan shu vaqtgacha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlagan.